Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kutubxonasi 1972 yilda ya’ni insititut tashkil etilgan davrda sentyabr oyida tashkil topgan. Kutubxonani tashkil etishda S.N.G – dagi hamma tibbiyot insititutlari o’z fondlari bilan o’rtoqlashgan va sovg’a tariqasida turli kitoblarni yuborishgan. Kutubxona ochilgan davrda uning umumiy fondi 5965 dona edi. 1972 yil oxiriga kelib fond 42291 donaga etgan. 2012 yilga kelib, ARM fondi 41325nomda 345896 ekz.ni tashkil etadi. Kitobxonlar soni esa 4906 kishidan iborat bo`lib, professor uqituvchilar, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlardan iborat. Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti ARM da O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot – kutubxona» bilan ta’minlashni tashkil etish tug`risida» gi 2006 yil 20 iyundagi PK 381 – sonli qarori asosida hamda Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 4 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma’qullangan «Axborot – kutubxona faoliyati tug`risidagi O’zbekiston Respublikasining qonuniga hamda, «Axborot kutubxona va axborot – resurs markazlari faoliyatini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlariga asoslangan holda o’z nizomini ishlab chiqdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 29 dekabrdagi “Axborot- resusrs markazlari faoliyatini tashkil etish to’g’tisida”gi №295 sonli buyrug’i vazifalarini bajarish maqsadida insititutimiz rektori prof. Alimov A.V. tomonidan 31 yanvar 2007 yilda 26 – sonli buyruq chiqarildi. Ushbu buyruqga asosan instituti kutubxonasi “Axborot- resusrs markazi deb nomlangan.
2007 yil aprel oyidagi institut Ilmiy kengashida Axborot-resusrs markazi Nizomi ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Ilmiy kengash qaroriga kiritildi va ishlab chiqildi.
Institut ARM da zamonaviy axborot kommunikastiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha rektorimiz professor B.T. Daminov tashabbusi bilan kutubxona o’quv zalida «Mahalliy tarmoq» - portali tashkil etildi. Bu tarmoq yordamida institutimiz o’quv zalida «Elektorn kutubxona» tashkil qilindi. 3 – dona yangi rusumdagi kompyuter ham berildi kutubxonadagi jami kopyuterlar soni 22 ta ni tashkil etadi. Ushbu elektron kutubxonaning ma’lumotlar bazasida 11410dan oshiq adabiyotlarning tulik matinli elektron versiyalari bazasi yaratildi. Hozirgi kunda elektron kutubxona o’z fondini to’ldirib bormoqda. Darsliklar 1033 nomda, o’quv qo’llanmalar, o’quv uslubiy qo’llanmalar 9658 nomda, ma’ruza matini 2692 nomda, badiy adabiyotlar esa 337 nomni tashkil etadi.
ARM dagi kompyuterning hammasi lokal setga ulangan. «Mahalliy tarmoq» dagi «Elektron kutubxona» dan talaba, professor o’qituvchilar foydalanishi uchun hamma sharoit yaratilgan. «ZiyoNET» tarmogiga 2007 – 2013 yillarda ToshPTI professor o’qituvchilari tomonidan yaratilgan turli ma’lumotlar bazasi kiritilib bormoqda.
ToshPTI axborot – resurs markazida quyidagi bo’limlar mavjuddir:
- Fondni jamlash bo’limi
- Kitoblarga texnik ishlov berish bo’limi
- Bibliografik axborot bo’limi
- Badiy adabiyotlar bo’limi
- Abonement – kitobxonlarga xizmat ko’rsatish bo’limi
ARM da 250 kishilik o`quv zallari mavjud:
- Ilmiy o`quv zali;
- chet tillar adabiyoti o`quv zali;
- 1-talabalar turar uyidagi kechki o`quv zali;
- 2-talabalar turar uyidagi kechki o`quv uyida;
- kunduzgi o`quv zali;
- TashPTI qoshidagi poliklinika o`quv zali.
2000 yil bizning institutimiz Janubiy Koreyaning Yansey Universiteti bilan o’zaro hamkorlik memoramdumini imzoladi. Ularni bepul yordami bilan bizning kutubxonaga 8 ta kopmyuter, 1 ta skaner, 1 ta printer va 12545 ekz.da yangi chet tilidagi tibbiyot kitoblar sovg’a qilindi. Ular yordamida chet tili ilmiy o’quv zali ochilib uning taqdimoti 2001 yil iyun oyida kata konferencya ilmiy anjumani bo’lib o’tkazildi.
ToshPTI ARM da 2009 yil 10 aprel kuni “ Tibbiy ta’lim muassasalarining Axborot resusrs markazlari faoliyatini takomillashtirish va axborot – resurs vositalaridan ta’lim – tarbiya jarayonida samarali foudalanishni ta’minlash” – mavzusida Respublika o’quv – uslubiy semenari o’tkazildi. Seminarga axborot agentligi televidiniya, matbuot, radio taklif etildi. Unda 120 dan ortiq tibbiyot kolledj, litseyi va institute Axborot – resurs direktori va o’quv ishlar bo’yicha ma’sul hodimlari ishtirok etdi.
2012 yil avgust oyida ARM da elektron katalog yaratish ishlari tashkil qilindi. Kutubxona bo`yicha yangi KARMAT dasturi tadbiq qilindi. 2013 yil fevral oyida 414 nomdagi adabiyotlarning elektron katalogi tashkil qilindi.
1972 yildan 1995 yilga qadar kutubxonani BOGATKINA OLGA IVANOVNA boshqargan. MUXAMEDOVA KARIMA NAZIRKULOVNA - 1983 yildan kutubxona bosh bibliografi bo’lib ishlagan. 1995 yildan esa shu kungacha mudir lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.